Armaniston tinçlik şartnomasining yakuniy loyihasini Ozarboyjonga topşirdi, deya ma’lum qildi Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan 16 fevral, payşanba kuni Yerevanda bölib ötgan hukumat yiğilişida. «Keça Armaniston Ozarboyjon bilan tinçlik va munosabatlarni örnatiş töğrisidagi şartnoma loyihasining navbatdagi bosqiçi işini yakunladi va bizning takliflarimiz Ozarboyjonga taqdim etildi», - dedi Paşinyan.

Uning sözlariga köra, hujjat YeXHT Minsk guruhiga hamraislik qiluvçi davlatlar – Rossiya, Fransiya va AQŞga ham topşirilgan. Avvalroq Paşinyan Ozarboyjon bilan muzokaralarda ma’lum yutuqlarga erişilganini ta’kidlagan edi. «Biz muzokaralarning uç bosqiçida erişilgan yutuqlarni rivojlantiriş mumkinligiga umid qilamiz», dedi u.

Paşinyanning sözlariga köra, tinçlik kelişuvi «uzoq muddatli tinçlik va barqarorlikni buzişning har qanday ssenariysini istisno qiladigan şunday kelişuvlar mantiğini, samarali özaro tiyib turiş va muvozanat mexanizmlarini öz içiga olişi kerak. Gap şundaki, kelişuv imzolanişi mavjud kelişuv asosidagi uruşga aylanmasligi kerak», - dedi u. Şu bilan birga, u hujjat, albatta, Ozarboyjon uçun ham maqbul bölişi kerakligini ta’kidladi.

Avvalroq Ozarboyjon TIV Armanistonning tinçlik bitimi loyihasiga Qoraboğda yaşovçi armanlarning huquqlari va xavfsizligini muhokama qiliş uçun xalqaro mexanizm yaratiş haqidagi bandni kiritiş niyatini rad etib, buni Ozarboyjonning içki işlariga aralaşiş deb baholagan edi. «Bu taşabbus heç qanday asosga ega emas va heç qanday natija bermaydi», dedi Ozarboyjon TIV vakili Oyxon Hojizoda. 

U Armaniston mintaqada tinçlik örnatişdan manfaatdor emas, degan fikrni bildirdi. Hojizodaning sözlariga köra, Yerevan taşabbusi «Armaniston xalqaro huquq me’yor va prinsiplariga, şuningdek, Praga va Soçi kelişuvlariga zid ravişda Ozarboyjonga nisbatan hududiy da’volaridan haligaça voz keçmaganini körsatadi». 

«Yana bir bor eslatib ötmoqçimizki, Qoraboğ Ozarboyjonning ajralmas qismidir va bu mintaqadagi arman millatiga mansub aholining huquqlari va xavfsizligi Ozarboyjon Konstitutsiyasiga muvofiq ta’minlanadi. Armanistonning Ozarboyjonning içki masalasi bölgan arman millatiga mansub fuqarolar reintegratsiyasi jarayoniga aralaşuvini qabul qilib bölmaydi», - dedi Hojizoda. 

Yerevan va Boku örtasidagi mojaro 2020 yilning yozida avj olgan. 27 sentabrdan 9 noyabrgaça Armaniston va Ozarboyjon örtasida asosan armanlar istiqomat qiladigan Toğli Qoraboğ uçun uruş yuz berdi. 6,5 ming kişining ölimiga sabab bölgan uruş natijasida Ozarboyjon Qoraboğning salmoqli qismini öz nazoratiga qaytardi.