Kun tartibidan investitsiyaviy hamkorlik yönalişlarini kengaytiriş va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida yangi yirik loyihalarni birgalikda amalga oşiriş masalalari örin oldi.

Şu tariqa, Sulton Ahmad al-Jobir bilan kimyo sanoati, metallurgiya va geologiya-qidiruv sohalarida joriy loyihalarni amalga oşirişning borişi va yangi sarmoyaviy taşabbuslarni amalga oşiriş rejalari muhokama qilindi.

«Xalifa bin Zoid al-Nahayan» jamğarmasi boş direktori Muhammad Hoji al-Xuriy bilan uçraşuvda Nukus şahrida ayollar va bolalar klinikasini quriş loyihasi amalga oşirilayotgani ta’kidlandi. Qarşi va Toşkent şaharlarida ham şunday şifoxonalar quriş istiqbollari, şuningdek, Özbekistonda yangi tuğilgan çaqaloqlar eşitiş qobiliyatini tekşirişning universal tizimini joriy etiş masalalari körib çiqildi.

International holding company boş ijroçi direktori Sayyed Basar Şuyeb bilan Özbekistonning soğliqni saqlaş, energetika va boşqa tarmoqlarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi. Tomonlar mamlakat investitsiyaviy salohiyati bilan yaqindan tanişiş, qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş böyiça aniq şartnomalar tuziş maqsadida kompaniya rahbariyati va ekspertlarining Özbekistonga taşrifini taşkil etişga kelişib oldilar.

ADSSC boş direktori Ahmad al-Şamsi bilan uçraşuvda asosiy e’tibor Toşkent şahridagi oqova suv tizimini DXŞ tamoyillari asosida takomillaştiriş loyihasini amalga oşirişga qaratildi. Loyiha doirasida zamonaviy muhandislik inşootlarini quriş nazarda tutilgan. Tegişli investitsiya taklifi loyihasi joriy yilning bahorida imzolanişi rejalaştirilgan.

RAK Ceramics kompaniyasi ijroçi direktori Abdallax Massad bilan uçraşuvda Özbekistonning quriliş materiallari işlab çiqariş yönalişidagi sanoat salohiyati atrofliça körib çiqildi. Eksportga möljallangan mahsulotlar, xususan, kafel va kulolçilik mahsulotlari işlab çiqariş loyihasi ustida iş boşlaş böyiça kelişuvga erişildi.