Jahon bankining Özbekistondagi vakolatxonasi xabariga köra, Malpass JBG prezidenti lavozimida işlagan davrida dunyoda iqtisodiy ösişni oşiriş, qaşşoqlikni kamaytiriş va turmuş darajasini oşiriş böyiça yanada samaraliroq çora-tadbirlar izlaşga e’tibor qaratdi.

Sönggi tört yil içida JBG COVID-19 pandemiyasi, Ukrainadagi uruş, jahon iqtisodiyotining sekinlaşuvi, eng kambağal mamlakatlar qatlamlarida taşqi qarz yukining ösişi, iqlim özgarişi oqibatlari, oziq-ovqat va energiya inqiroziga javoban rekord darajadagi 440 milliard dollarni jalb qiliş orqali global inqirozlarga tezkorlik bilan javob berdi.

«Yetakçi xalqaro rivojlaniş instituti prezidenti böliş va köplab iqtidorli va obröli insonlar bilan hamkorlikda işlaş men uçun katta şaraf, — dedi Malpass. — Men Jahon banki rivojlanayotgan mamlakatlar duç kelgan misli körilmagan inqiroz kölamiga tez va samarali javob berganidan faxrlanaman. Sönggi tört yil faoliyatimdagi eng muhim yillardan biri böldi».