Kavkazorti va Markaziy Osiyo iqtisodiyoti Rossiya bilan vositaçilik savdosidan foyda köryapti. Ular malakali muhojirlar oqimidan ham foyda olyapti, deb xabar berdi Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki.

Ğarbning Ukrainaga qarşi uruşi tufayli Rossiyaga qarşi joriy etilgan sanksiyalar qator mintaqalar iqtisodiyotiga foydali ta’sir körsatdi. «Kavkazorti va Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy iqtisodiyotlari Rossiya bilan vositaçilik savdosidan, Rossiyadan kapital va malakali migrantlar oqimidan foyda körmoqda», — deyiladi Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining (YeTTB) payşanba, 16 fevral kuni e’lon qilingan hisobotida.

Tadqiqotda qayd etilganidek, bu mamlakatlarda real iş haqi, boşqa mintaqalardan farqli ölaroq, ösgan. Şuningdek, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va AQŞdan import keskin oşgan, bu esa tovarlar Kavkazorti va Markaziy Osiyo orqali Rossiyaga qayta sotilayotganidan dalolat beradi. Bu Ğarbdan Rossiya importining ozgina qismini taşkil etadi, ammo Qirğiziston va Armaniston kabi davlatlar uçun bu yalpi içki mahsulotning 4-6 foiziga teng ekani aytiladi.

«Uşbu savdoni osonlaştiriş uçun yirik logistika sanoati vujudga keldi, u kapital oqimini osonlaştiryapti, bu esa, öz navbatida, mahalliy valutalarning AQŞ dollariga nisbatan mustahkamlanişiga yordam beryapti», — deyiladi YeTTB hisobotida.