Ayni paytda, Lviv viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Maksim Kozitskiy öqqa tutiliş xavfi haqida ma’lum qildi va mintaqa aholisini boşpanalarda qolişga çaqirdi. Kremençuk şahri meri Vitaliy Maletskiy ham portlaşlar va raketa xavfi ortgani haqida xabar berdi.

Şu bilan birga, Rossiya ommaviy axborot vositalari fuqarolarni ogohlantiriş böyiça rasmiy manbaga tayanib yozişiça, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 02:40 da Kiyev şahri, Kiyev, Sumi, Poltava, Xarkiv, Çerkassk,   Kirovograd, Mikolayiv, Odessa, Dnipropetrovsk viloyatlari, şuningdek, Ukraina tomonidan nazorat qilinadigan Xerson, Zaporijjya viloyatlari, «DXR» va «LXR» hududlarida trevoga e’lon qilingan. 

Mahalliy vaqt bilan soat 03:00 ga kelib trevoga butun Ukraina hududiga tarqaldi.