Ötgan yilda jami 1777 tup qimmatbaho va köp yillik daraxtlar kesilgan. Vaziyat tahlil etilganda, quriliş obektlari atrofini örab oliş natijasida daraxtlarning qarovsiz qolişi, şikastlanişi va nobud böliş holatlari sodir etilayotganligi aniqlangan.

“Ekologik ekspertiza töğrisida”gi qonunning 11-moddasida davlat ekologik ekspertizasi obektlari qatoriga barça turdagi qurilişlar uçun yer uçastkalarini ajratiş materiallari hamda şaharsozlik hujjatlarining barça turlari kiritilgan. Biroq, mas’ullar tomonidan Toşkent şahridagi quriliş obektlari xatlov qilinganida yer ajratiş bilan boğliq 2019 yilda 235 ta, 2020 yilda 89 ta va 2021 yilda 99 ta obektga örganilmasdan va davlat ekologik ekspertizasining xulosasi olinmasdan qurilişga yer ajratib berilganligi va quriliş loyihalari işlab çiqilganligi aniqlangan.

2022 yilda Toşkent şahrining 11 ta tumanidagi 332 ta xöjalik yurituvçi sub’yekt hududlari örganilişi natijasida umumiy 21031 dona turli xildagi daraxtlar xatlovdan ötkazilgan, ularning 17767 donasi manzarali, 2599 tasi mevali daraxtlar bölib, ularning 103 tasi qurib qolganligi va 20 tasi turli xil kasallanganligi ma’lum bölgan. 

Respublika böyiça 500 dan ziyod quriliş obektlari atrofi örab olingan bölib, ularda 24 mingga yaqin daraxtlar taqdiri xavf ostida qolmoqda. Bir qator quriliş obektlarida daraxtlarni kesib taşlaş holatlari sodir etilgan.

Mirzo Uluğbek tumani hududida joylaşgan quriliş obektida xandaq (kotlovan) qaziş işlari olib borilgan hududda jami 55 tup daraxt yöq qilingan. Çilonzor tumanidagi köp qavatli turar joy binosi qurilişi uçun örab olingan hududda 18 tup daraxt şikastlantirilgani aniqlangan, Yaşnobod tumanida quriliş obektida 83 tup köp yillik manzarali daraxtlar noqonuniy ravişda kesilgan.

Qonunçilik palatasidagi eşituvda deputatlar tomonidan mavjud muammolarni bartaraf etiş yuzasidan bir qator taklif va tavsiyalar berildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 apreldagi “Quriliş sohasiga oid yagona ma’muriy quriliş reglamentlarini tasdiqlaş töğrisida”gi qaroriga quriliş obektlariga daraxtlar kesilişining oldini olişga qaratilgan tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiş lozimligi ta’kidlandi. Quriliş obektlarining atrofni öraş tartibini qonunçilik hujjatlarida aniq belgilaş, respublikadagi davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni töliq raqamlaştiriş yöli bilan xatlovdan ötkaziş yuzasidan takliflar bildirildi.