Norvegiya razvedka xizmati (NIS) matnni notöğri talqin qilişning oldini oliş uçun mamlakat milliy xavfsizligiga asosiy tahdidlar haqidagi yillik hisobotiga tuzatişlar kiritdi. Buni 16 fevral, payşanba kuni Norvegiyaning The Barens Observer portali aniqladi. 

Razvedka xizmati Moskva tomonidan olib borilayotgan yadroviy tiyib turiş siyosatida strategik yadro qurollarining ahamiyati ortib borayotganiga aniqlik kiritdi, biroq ayni paytda Rossiya yerusti kemalarining qurollanişi tarkibida heç qanday özgarişlar yuz bermaganini ta’kidladi. 

«Ukrainadagi uruş natijasida Rossiya kuçlarining salohiyati zaiflaşdi. Bu Rossiya strategik qurollarining ahamiyati ortib borayotganini anglatadi. Şu nuqtayi nazardan, Şimoliy flotning strategik suvosti kemalari asosiy vositalardan biri hisoblanadi. çunki ular yadroviy qurol bilan qurollangan. Biz Rossiya Şimoliy flotining yerusti kemalari qurollanişida özgarişlarni körmayapmiz», — deb yozadi razvedka xizmati. 

Avvalroq bir qator ommaviy axborot vositalari, jumladan The Barens Observer NIS hisobotini taqdim etar ekan, taktik yadro qurollari yana Rossiya Şimoliy flotining suvosti kemalari va yerusti kemalarida bölişi mumkin degan xulosaga kelişgan edi. «Bu 1991 yilda Mixail Gorbaçyov va Jorj Buş örtasidagi kelişuviga binoan özining dengiz taktik yadro qurollari arsenalini rasman qirğoq omboriga ötkazgan Rossiya siyosatidagi tub özgarişlar böladi», deb ta’kidlaydi portal. 

Razvedka xizmati matbuot kotibi Ann-Kristin Bergenening sözlariga köra, hisobot matnida «turli talqinlar uçun joy bölgan». 

Yangilangan matnda taktik yadro qurollari haqida faqat bitta jumla qoldirilib, ular «NATO mamlakatlariga ta’sir qilişi mumkin bölgan bir neçta operatsion ssenariylarda ayniqsa jiddiy xavf tuğdirişi» ta’kidlangan.