Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçisi Baxtiyor Rahmonov Rossiyaning Mering Engineering kompaniyasi boş direktori Mixail Nagaytsev boşçiligidagi mutasaddilar bilan uçraşdi.
Uçraşuvda Toşkentdagi elektr tarmoqlari tizimida energo audit ötkaziş masalasi muhokama etildi.
Baxtiyor Rahmonov 2022-2023 yilning qişi, ayniqsa, yanvar oyida kuzatilgan anomal sovuq kommunal tizimlarda qator muammolarni keltirib çiqarganini aytib, mintaqada qiş sovuq kelişi qatori yoz juda issiq bölişiga e’tibor qaratdi.

Şuningdek, kommunal tizimlar noqulay ob-havo şaroitida uzilişlarsiz işlaşga tayyor bölişi muhimligini ta’kidlab, bu borada tizimli işlar olib borilayotgani, ba’zi joylarga qöşimça gaz quvurlari tortiş, qöşimça nimstansiyalarni quriş va elektr kabellarini tortiş rejalaştirilganini aytib ötdi.

Mering engineerinğning energo audit böyiça katta tajribasini ta’kidlab, avvalo, poytaxt elektr energiyasi ta’minotida köp uzilişlar kuzatilgan Çilonzor, Uçtepa va Şayxontohur tumanlaridagi elektr tizimida energo audit ötkazişda, şu yönalişdagi boşqa işlarda hamkorlik yuzasidan taklif bildirdi.

















