Uning sözlariga köra, Vaşington Kiyevning Qrimdagi harbiy obektlarga zarbalarini qöllab-quvvatlaydi.
AQŞ va uning ittifoqçilari Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarining bir yilligi munosabati bilan Moskvaga qarşi yirik sanksiyalar paketini joriy qiladi, deb xabar berdi AQŞ Davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Viktoriya Nuland.
«24 fevralga yaqinroq siz AQŞ va G7’dagi barça hamkorlarimiz tomonidan joriy etiladigan katta yangi sanksiyalar paketini körasiz», dedi Nuland jurnalistlarga.
Uning sözlariga köra, bu sanksiyalar avvalgi çeklovlarni, xususan, Rossiya mudofaa sanoatiga texnologiyalar yetkazib berişni «çuqurlaştiradi va kengaytiradi».
Ğarb davlatlari Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgan yoki uni qöllab-quvvatlagan şaxslarga ham şaxsiy sanksiyalar tayyorlamoqda. Rossiya Federatsiyasiga allaqaçon kiritilgan sanksiyalarni çetlab ötişga yordam beradigan davlatlar ham çeklovlarga duç kelişi mumkin.

















