Yevropa Ittifoqi davlatlari elçilari 15 fevral kuni bölib ötgan yiğilişda Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar paketi böyiça kelişa olmadi, deb xabar berdi Politico 16 fevral, payşanba kuni. Naşrning yozişiça, kelişmovçilik Rossiyadan asosan şinalar işlab çiqariş uçun işlatiladigan sintetik kauçuk importini çeklaş rejalari tufayli yuzaga kelgan.
Italiya, Germaniya va boşqa bir qator davlatlar uşbu xomaşyoni Rossiyadan olib kirişni taqiqlaş ğoyasiga şubha bilan qaraşdi, Polşa esa uni qöllab-quvvatladi. Politico Rossiyadan taqiqlanişi mumkin bölgan sintetik kauçuk importini yiliga 700 million dollarga baholamoqda.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari boşlanganining bir yilligi munosabati bilan yangi, öninçi sanksiyalar paketini qabul qilişni rejalaştirmoqda. Politico ta’kidlaşiça, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida çeklovçi çoralarni yakunlaş va kelişiş uçun hali vaqt bor.
Bloomberg ma’lumotlariga köra, navbatdagi sanksiyalar paketi "Tinkoff" banki, Alfa-bank va Rosbankka nisbatan çeklov çoralarini öz içiga olişi rejalaştirilgan. YeI rossiyalik jismoniy va yuridik şaxslarga nisbatan sanksiyalarni kengaytiriş, harbiy işlab çiqariş uçun işlatilişi mumkin bölgan xomaşyo va tovarlar, jumladan, noyob metallar va elektronika uçun savdo çeklovlarini joriy etiş niyatida.
Ayni paytda, Politico ma’lumotlariga köra, Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni çetlab ötiş imkoniyatini bartaraf etiş uçun Rossiyaga va Rossiyadan rejadan taşqari reyslarni amalga oşiruvçi aviakompaniyalarga qöyiladigan talablarni kuçaytirmoqçi. Öz navbatida, EUobserver yangi jazo çoralari doirasida Rossiyaga sanitariya-texnik vositalarni eksport qilişni taqiqlaş ham mumkinligini xabar qildi.


















