Yevroparlament Kiyevning ğarbiy hamkorlarini «qiruvçi samolyotlar, vertolyotlar va tegişli raketa tizimlarini Ukrainaga ötkaziş imkoniyatini jiddiy körib çiqişga, şuningdek, öq-dorilar yetkazib berişni sezilarli darajada oşirişga» çaqirdi. Bu haqda Yevroparlamentning Rossiya bosqinining bir yilligi töğrisidagi 16 fevral, payşanba kuni qabul qilingan rezolyutsiyasida aytiladi.
Hujjatda qayd etilişiça, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Ukrainaga nafaqat Rossiya armiyasi hujumlaridan himoyalaniş, balki Rossiya Federatsiyasi tomonidan vaqtinça bosib olingan hududlari ustidan töliq nazoratni tiklaş imkonini beriş uçun Kiyevga harbiy yordamni sezilarli darajada oşirişi va uni taqdim etişni tezlaştirişi kerak.
Qarorni 444 deputat qöllab-quvvatladi, 26 nafari «qarşi» ovoz berdi, 37 nafari betaraf qoldi.
Yevroparlament deputatlari, şuningdek, Yevropa Ittifoqi, AQŞ, Buyuk Britaniya va Kanadani «Ukrainani zamonaviy jangovar tanklar bilan ta’minlaş haqidagi va’dalarini zudlik bilan bajarişga» çaqirdi va Ukraina hukumatining «oğir qurollar va ilğor havo mudofaa tizimlari böyiça» sörovlarini tezkorlik bilan körib çiqiş uçun ittifoqçilar örtasida yaqin muvofiqlaştiriş muhimligini qayd etdi.
Ukrainaning asosiy maqsadi Rossiyaga qarşi uruşda ğalaba qozoniş, ya’ni Ukraina armiyasining Rossiya kuçlarini xalqaro tan olingan Ukraina hududidan çiqarib yuboriş qobiliyatidir, deyiladi rezolyutsiyada. «Bu maqsadga faqat Ukrainaga barça turdagi qurollarni istisnosiz doimiy, barqaror va uzluksiz yetkazib beriş orqali erişiş mumkin», - deya işontirmoqda Yevroparlament deputatlari.


















