Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok ittifoqçilarni Germaniyaga ergaşişga va Ukrainani Leopard asosiy jangovar tanklari bilan ta’minlaşga çaqirdi. «Biz Ukraina özini himoya qilişi va insonlar hayotini saqlab qolişi uçun birgalikda harakat qilişimiz kerak, şuning uçun yetkazib beriladigan modelga öxşaşi bor boşqa hamkor davlatlarni bunday tanklar bilan ta’minlaşga qat’iy çaqiramiz», dedi Berbok juma, 17 fevral kuni Germaniyaning Bayerischer Rundfunk ommaviy media kompaniyasiga bergan intervyusida.
Germaniya taşqi işlar vazirining sözlariga köra, ayrim davlatlar allaqaçon Ukrainaga Leopard tanklarini yetkazib berişni va’da qilgan. «Ammo bizga bunda iştirok etadigan boşqa davlatlar ham kerak, bu haqiqatan ham insonlar hayotini saqlab qolişi mumkin», dedi Berbok.
Germaniya kansleri Olaf Şols ikkilanişlardan söng 25 yanvar kuni öz mamlakatining Ukrainaga Bundesver zaxiralaridan 14 ta Leopard 2 A6 tankini yuboriş niyatini rasman tasdiqladi. Berlin, şuningdek, boşqa davlatlarga tanklarni Ukraina Qurolli kuçlariga reeksport qilişga ruxsat berdi.
Şolsning sözlariga köra, vazifa Ukraina uçun zudlik bilan ikkita tank batalonini yiğişdir, bu nemis harbiy talqiniga köra, 90 ga yaqin jangovar texnikani, Ukrainada esa - 60 tani taşkil etadi. Keyinçalik Germaniya hukumati «batalon» tanklarni yetkazib beradigan mamlakat mezonlaridan kelib çiqib hisoblanişiga aniqlik kiritdi.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius şu hafta boşida Ğarb davlatlari Ukraina Qurolli kuçlariga hozirça faqat yarim batalon Leopard 2 A6'ni jönatişi mumkinligini aytdi. U Germaniya hukumati va’da qilgan 14 ta tank va Portugaliyadan uçta tankni öz içiga oladi. Bundan taşqari, Polşa Ukrainaga bitta Leopard 2 A4 batalonini yuboradi.
Şvetsiya rasmiylari hali ham Kiyevga Leopard tanklarini yetkazib bera oladimi yoki yöqmi va qança hajmda taqdim eta oladi, şu masalani tekşiriş bilan band. Niderlandiya, Pistoriusning sözlariga köra, faqat tanklar uçun öq-dorilar yetkazib berişda iştirok etadi, Daniya esa faqat öz iştiroki variantlarini körib çiqmoqda.

















