Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy xavfsizlik masalalariga bağişlangan Myunxen konferensiyasi oçilişida çiqiş qildi va hozirgi uruş hamda Qadimgi ahd syujyetlari orasida parallel ötkazdi. U Ukrainani imkon qadar yaxşiroq qurollantirişga çaqirib, ğalaba qozongan taqdirda Kremlni töxtatib bölmasligidan ogohlantirdi.

Zelenskiyning Myunxen konferensiyasini oçib beruvçi videoçiqişi «Dovud Dniproda: Ukrainaning ozodlik uçun kuraşi» sarlavhasi bilan anons qilindi. Ukraina prezidenti Injildagi Dovud va Goliaf haqidagi tarixga murojaat qildi.
«Dovud böliş - kuraşiş demakdir. Va biz kuraşamiz. Dovud böliş ğalaba uçun palahmonga ega bölişni anglatadi. Bizda hali isroillik Dovudning palahmoni yöq. Ammo men işonamanki, bu faqat vaqt masalasi», degan prezident katta ehtimol bilan Isroildan yordamga işora qilgan holda. Şu kunlarda Isroil taşqi işlar vaziri Eli Koen Kiyevda Zelenskiy bilan uçraşgan hamda uning mamlakati Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarini takomillaştiriş uçun yordam körsatişiga va’da qilgandi.
«Goliafda imkon yöq. Ammo, afsuski, unda kuç bor... U dunyo bilan savdolaşib, öz tajovuzi uçun vaqtdan yutişga harakat qilmoqda... Şuning uçun şoşiliş kerak. Bizga tezlik kerak», deya qöşimça qildi Zelenskiy. «U albatta qulaydi. Şu yildayoq! Biz buni qila olamiz. Barçamiz birgalikda - xuddi Dovud kabi», deya yakunlagan Ukraina prezidenti.
Zelenskiy yana bir bor Rossiya Ukrainada öz maqsadlariga erişiş bilan çeklanmasligi va butun Yevropa xavfsizligiga tahdid solişi haqidagi fikrini takrorlagan. «Biz Ukraina va Yevropani ozod etişimiz lozim. Rossiya quroli bizga qarata öt oçayotgan ekan, u qöşnilarimizni ham nişonga olgan böladi. Yevropa murosa qilişi mumkinmi? Yöq», deya qayd etgan u.
«Imillaş doim xato bölgan»
Zelenskiy yana bir bor Ukrainaning ittifoqçilarini qurol yetkazib berişni keçiktirmaslikka çaqirgan.
Yaqinda Bryusselda ötgan va ğarbning Ukrainaga harbiy yordami masalasi muhokama etilgan xalqaro konferensiyada Kiyevning ittifoqçilari harbiy samolyotlar yetkazib beriş töğrisida qaror qabul qila olmagandi - bunday yordam haqida Zelenskiy bir neça bor söragandi. Şu bilan birga, ular Ukraina qurolli kuçlarini asosiy jangovar tanklarni, jumladan Germaniyaning Leopard tanklari bilan ta’minlaş borasida yakuniy rejani kelişib olişgandi.



















