Fransiya rahbarining sözlariga köra, Ğarb Ukrainada «uzoq davom etadigan mojaro»ga tayyor. Fransiya davlati rahbarining aytişiça, hozir Rossiya Federatsiyasi bilan «muloqot vaqti emas».
Makron Yevropa Ittifoqi davlatlarini mudofaaga katta sarmoya kiritişga, mudofaa sanoati sektorlarini kuçaytirişga çaqirdi. Fransiya prezidenti, şuningdek, «transatlantik mudofaa ittifoqining yadroviy jihati»ni yana bir bor tasdiqlaşga çaqirdi.
Fransiya va Xitoy Ukrainada tinçlikka erişiş uçun hamkorlik qiliş niyatida. Bu haqda 15 fevral kuni Yelisey saroyi matbuot xizmati xabar qilişiça, Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasining taşqi işlar böyiça komissiyasi kanselyariyasi rahbari, Siyosiy byuro a’zosi Van I tomonidan kelişib olingan.
Har ikki siyosatçi ham mamlakatlari «xalqaro huquq qoidalarini hurmat qilgan holda tinçlikka erişişning umumiy maqsadi»ga sodiqligini bildirdi. Şu bilan birga, Makron Pekin Moskvaga tinçlik muzokaralarini boşlaşga rozi bölişi uçun ta’sir ötkaza olişiga umid bildirdi.


















