“Kompaniyaning auditorlik tekşiruvidan ötgan moliyaviy hisobotida “Özbekiston Mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitimga (MTB) havola qilingan. Kompaniyaning Özbekistondagi neft va gaz operatsiyalarini amalga oşiriş huquqlari uşbu MTBga nisbatan körsatilgan.
MTBda qöllaniladigan atamalar audit qilingan moliyaviy hisobotda katta harflar bilan aks ettiriladi. Hisobotda körsatilgan «Neft va gaz operatsiyalari» (katta harf bilan) atamasi, MTB qoidalariga muvofiq, investorning belgilangan iş hajmini (geologiya-qidiruv, konlarni özlaştiriş,, tabiiy gaz va oltingugurtni qazib oliş, qayta işlaş, taşiş va h.k.) bajariş böyiça faoliyati sifatida belgilanadi. Va bu faqat MTBda körsatilgan “Mustaqillikning 25 yilligi» konining şartnoma hududlari doirasida taşkil etiladi”, – deyiladi kompaniya tomonidan 17 fevral kuni Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudovga yöllangan maktubda.

Kun.uz'ga rasmiylar tomonidan taqdim etilgan maktubda, Altmax Holding “Ozodlik” radiosi jurnalistlarini iboralarni kontekstdan yulib oliş va notöğri talqin qilişda ayblagan.
“Jurnalistlar maqolasida iboralarni kontekstdan yulib, tuşunçalarni almaştiriş bor, deb hisoblaymiz. Jurnalistlar asosiy harflarni olib taşlaş va şu tariqa yuridik atamani umumiy fuqarolik tuşunçasi bilan almaştirib qöyiş orqali kompaniyaning neft va gaz operatsiyalari hududi böyiça öz öquvçilarini ataylab çalğitgan”, – deyiladi maktubda.

Suriştiruvda Altmax Holding kompaniyasining 2016 yilgi faoliyati böyiça tuzilgan va KPMG tomonidan tasdiqlangan moliyaviy hisobotiga tayangan holda, Özbekistondagi barça gaz va neft operatsiyalarini amalga oşiriş huquqi Altmax Holding va yana ikki şirkatdan iborat kompaniyalar konsorsiumiga 35 yilga berilgani haqida aytilgan edi.
Holding tomonidan Jörabek Mirzamahmudovga yuborilgan xatda moliyaviy hisobotning tegişli qismi tuşunçalarning buzib talqin qilinişiga imkon qoldirmaydigan qilib tuzatilişi ma’lum qilingan.


















