Nurafshon shahrida 10 gektar yerni yarim million dollardan ziyodroqqa pullagan mansabdorlar qo‘lga olindi
Bosh prokuraturaga ko‘ra, bu jinoyatda Nurafshon shahar qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘i X.X., kadastr agentligi Piskent tuman bo‘limi boshlig‘i A.Q., Nurafshon shahar hokimligi umumiy bo‘limi sobiq boshlig‘i A.X. va boshqalarning qo‘li bor.

Bosh prokuratura axborot xizmatiga ko‘ra, qonunbuzarlik Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlangan. Viloyat prokuraturasi 2022 yil 21 fevraldagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori ijrosini o‘rganish chog‘ida bir qator qonunbuzilishlarni fosh etgan.
Jumladan, Toshkent viloyatining ma’muriy markazi – Nurafshon shahri Birlik mahallasida joylashgan, shahar hokimligi zaxirasiga olingan 10,0 gektar bo‘sh yer maydonini go‘yoki shahar bosh rejasiga ko‘ra “U.B.S.” MChJga yuklarni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash omborxonalari, muzlatkich va terminal bino inshootlarini loyihalashtirish va qurish uchun ajratish to‘g‘risida Nurafshon shahar hokimining soxta qarori chiqariladi. Keyinchalik soxta hujjatlar asosida ushbu yer maydoni “D.E.S.” MChJga 510 ming dollarga sotib yuboriladi.
Bosh prokuratura axborotida hokimning hujjatini soxtalashtirib, davlat zaxirasidagi yerni sotib yuborganlarning kimligiga ham qisman oydinlik kiritilgan. Qayd etilishicha, bu jinoyatda Nurafshon shahar qurilish bo‘limining sobiq boshlig‘i X.X., kadastr agentligining Piskent tuman bo‘limi boshlig‘i A.Q., Nurafshon shahar hokimligi umumiy bo‘limi sobiq boshlig‘i A.X. va boshqalarning qo‘li bor.
Jinoyatga aloqador boshqa shaxslarning kimligi ochiqlanmagan. Shuningdek, viloyat prokuraturasi tomonidan “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori ijrosini o‘rganish chog‘ida aniqlangan boshqa qonunbuzilishlar haqida ham ma’lumot berilmagan.
Tuman zaxirasidagi yerni yarim million dollardan ko‘proqqa pullagan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va boshqa tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Sirdaryoda 5 gektar yerni 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi, Buxoroda hokimlik zaxirasidagi 1,12 gektar yerni 120 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan firibgar, Surxondaryoda o‘ziga tegishli 1 gektar yerni 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer, Bo‘stonliqda 11 gektar yerni 550 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan olg‘irlar, Zangiotada 4,5 gektar yerni 240 ming dollarga sotishni rejalashtirgan shaxslar ushlangandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan
O‘zbekiston | 09:00
-
JCh saralashi. Falastin alamli tarzda qolib ketdi, Saudiya pley-offda o‘ynaydi
Sport | 08:47
-
Rossiyaning Xarkivni o‘qqa tutishi: 2 kishi halok bo‘ldi, 54 kishi yaralandi
Jahon | 08:37
-
Tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir bo‘lgan hududlar ro‘yxati kengaymoqda
O‘zbekiston | 08:04
Mavzuga oid

17:15 / 10.06.2025
“Ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga beriladi” – Urgutda fermerlar shunday ogohlantirildi

12:10 / 05.06.2025
Sifat hujjati bo‘lmagan dorilarni sotayotgan shaxslar ushlandi

13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

16:12 / 31.03.2025