Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan beri Rossiyadagi «Aşan» tarmoği insonparvarlik yordami niqobi ostida Ukrainaning bosib olingan hududlarida rus harbiylari uçun tovarlar yetkazib bermoqda. Bu haqda The Insider, Le Monde va Bellingcat naşrlari tomonidan 17 fevral, juma kuni tarqatilgan qöşma tekşiruvda ma’lum qilindi.
Jurnalistlar «Aşan-Sankt-Peterburg» nazoratçisi Natalya Zelserning yozişmalari skrinşotini çop etişdi. 2022 yil 15 martda u hamkasblariga yiğilişi kerak bölgan «gumanitar yordam» röyxati bilan xat yuborgan. Tekşiruv mualliflariga köra, röyxatdagi tovarlar faqat erkaklar uçun möljallanganligi aniq. «Insonparvarlik yordami» tarkibiga ustara, katta ölçamli erkaklar kiyimlari, yuzlab zajigalka va sigaretalar kiradi, ular odatda insonparvarlik yordami sifatida berilmaydi.
Muloqotda tovarlarni xaridor sifatida körsatilgan ikki kompaniya The Insider naşriga yordam aynan rus harbiylariga yetkazilganini tasdiqladi, biroq tafsilotlarni oçiqlaşdan boş tortdi.
Hisob-fakturalarda körsatilgan barça kompaniyalar, suriştiruv mualliflari yozganidek, bir-biriga boğlangan va şahar transport qömitasiga qaraşli Sankt-Peterburg davlat unitar korxonasi - «Passajiravtotrans»ga xizmat qiladi.
Avvalroq Peterburg ijtimoiy siyosat qömitasi raisi örinbosari Aleksandr Lyubimov «Transport qömitasidagi hamkasblari bilan birgalikda» Mudofaa vazirligi uçun «gumanitar yordam» yetkazib beriş uçun logistikani işlab çiqişganini ma’lum qilgandi, deya eslatadi The Insider. Lyubimovning sözlariga köra, oktyabrgaça ular şu tarzda turli taşkilotlardan 280 tonna yiğib olişgan.
«Aşan» dökonlarida «gumanitar yordam» yiğiş punktlari Samara, Ribinsk va Vladimirda ham joylaşgan, deb yozadi gazeta. «Aşan»ning Rossiya rahbariyati izoh berişdan boş tortdi, Fransiyaning «Aşan» matbuot xizmati kompaniya siyosatdan taşqarida ekanligini va harbiy xizmatçilarni heç qanday qöllab-quvvatlaş bilan şuğullanmayotganini aytdi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan keyin «Aşan» Rossiya bozorini tark etişdan boş tortgan yirik xalqaro kompaniyalardan biriga aylandi. Mart oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy fransuz tarmoğini bunga çaqirgan edi. Ammo rahbariyat bu taklifni rad etdi.
«Biz dökonlarimizda har kuni ukrainlar va ruslar uçun non pişiramiz, bu ayni paytda juda muhimdir. Brend 20 yildan beri mavjud bölgan Rossiyada bizning 30 mingga yaqin xodimimiz bor. Biz diskaunter sifatida işlaymiz va yuqori inflatsiya davrida aholining xarid qobiliyatini himoya qiliş uçun öz hissamizni qöşamiz, deb işonamiz. Agar «Aşan» ketsa, biz 30 ming kişini işdan böşatamiz, ularning 40 foizi xodimlar va aksiyadorlardir», dedi Auchan France boş direktori Iv Klod.


















