13-15 fevral kunlari bölib ötgan uşbu safar davomida Özbekiston va Ozarboyjon örtasida transport va tranzit yuk taşuvlari masalalari böyiça Qöşma işçi guruhining birinçi yiğilişi ötkazildi. 

Unda Transkaspiy xalqaro transport yölagi hamda 6 davlat (Ozarboyjon, Gruziya, Qirğiziston, Turkmaniston, Turkiya, Özbekiston) temiryöl tuzilmalari iştirokida taşkil etilgan CASCA+ multimodal transport yölagi orqali yuk taşuvlar hajmini oşiriş, şuningdek, infratuzilmani rivojlantiriş, taşuv jarayonlarida qulay şaroitni yaratiş bilan boğliq masalalar muhokama etildi.

Ozarboyjonning yerusti transporti qömitasi, «Ozarboyjon temiryöli», «Boku xalqaro dengiz savdo bandargohi», «Ozarboyjon Kaspiy dengiz kemaçiligi» kompaniyasi hamda Boku kemasozlik zavodi rahbariyati bilan uçraşuvlar ötkazildi.

Uçraşuvlar davomida Özbekistonning eksport va import yuklarini Ozarboyjon hududi orqali Yevropa va Amerika qit’asi davlatlariga taşuvlarni uzluksiz taşkil etiş, yuk taşuvlar xarajatini va muddatini qisqartiriş, tarif imtiyozlarini kengaytiriş, port infratuzilmasidan samarali foydalaniş hamda logistika zanjirini yaratiş böyiça muzokaralar olib borildi.