“Özavtosanoat” raisi Şavkat Umrzoqov Asaka şahridagi zavodda Chevrolet Onix avtomobilining taqdimoti vaqtida UzAuto Motors tomonidan xarid qilingan maşinalarni yetkazib beriş bilan boğliq muammoga töxtalib ötdi.
Gazeta.uz xabariga köra, u qöşimça pul tölab, avtomobilni navbatsiz oliş imkoni yaratilişi, ya’ni xalq orasidagi “şapka”ni qonuniylaştiriş mumkinligi borasidagi savolga javob qaytargan.
“Men bu taklifga qarşiman, notöğri narsa. Bekorga işlab çiqarişda 500 ming bilan çegaralanmaymiz demadim. Avtomaşinalar navbati butun dunyoda bor. Men bu bilan uni töğri ham demoqçimasman. Lekin bu narsa [avtomobil yetkazib beriş muddatini kamaytiriş]ni faqat maşina köp işlab çiqariş bilan yengamiz. Özimizda işlab çiqarilayotgan maşinani tezroq oliş uçun köproq pul tölang, desak, notöğri böladi”, – dedi “Özavtosanoat” rahbari.
Uning sözlariga köra, kompaniya oldida juda köp taşqi va içki muammolar turibdi. Umrzoqov bunga misol sifatida 2018 yilda bir konteyner narxi 5 ming dollar bölgani, hozir 15 ming dollargaça oşganini keltirdi.
“Maşinamizni qimmatlaşyapti deymiz, lekin dollarga çaqsak, şu kungaça arzonlaşdi. Şunça soliq tölayapmiz, loyihalarning bir sömini ham davlatdan olmayapmiz, özimizning daromadimiz yoki rivojlanişimizni körib, pullarni taşqi moliyaviy institutlar beryapti”, – dedi Şavkat Umrzoqov.
“Andijonning özida bu yil 250−300 mln dollarlik törtta yangi zavod quradigan böldik. Bu nima beradi? Tasavvur qiling, 2016 yil 80 ming maşina çiqqan, 2017 yil 120 ming çiqqan. Bugun 330 ming çiqaryapmiz. Bu yil 400 mingdan oşiq çiqaramiz. Navbat yöq böladi, işoning, faqat ozgina sabr [qiling]”, – dedi “Özavtosanoat” raisi.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 2022 yilning fevral oyida maşinasozlik sanoati böyiça yiğiliş ötkazib, avtomobillar uçun oldindan tölov miqdorini 85 foizdan 50 foizga pasaytirişga va 1 maygaça avtomobil sotib olişdagi navbatlarni töliq bartaraf etişga körsatma bergandi. Şuningdek, navbatda turgan xaridorlarga avtomobili yetkazib beriladigan aniq sana körsatilgan xabarnoma yöllanişi aytilgandi.

















