Xalqaro moliya institutlarining 7,8 mln AQŞ dollari miqdoridagi grant mablağidan 2023 yilda quyidagi çoralar köriladi:
- yillik quvvati 10 ming tonna bölgan mayda şoxli mollar uçun omuxta yem işlab çiqaruvçi korxonalar taşkil qiliş;
- çorva hayvonlari genetik tadqiqoti laboratoriyasini taşkil qiliş;
- qorakölçilik-naslçilik xöjaliklarida 500 ming boş mayda şoxli mollarni raqamli identifikatsiya qiliş.
Don yetiştiriş uçun 800 gektar yaylov özlaştiriladi. 500 gektar yaylovda quyoş energiyasida işlaydigan nasos agregatlari yordamida yerosti suvlarini çiqariş hamda tomçilatib suğoriş texnologiyasini joriy etiş böyiça namunaviy pilot loyihasi amalga oşiriladi.
2023 yil 1 avgustgaça:
- ijaraga berilgan yaylov yer maydonlari (örmon fondi yerlari bundan mustasno) xatlovdan ötkazilib, yaylovlardan foydalanişning holati hamda şartnoma talablari bajarilganligi örganiladi;
- yaylov yer maydonlaridan maqsadsiz foydalangan holatlar yuzasidan çoralar köriladi;
- yaylov yer maydonlarining elektron hisobini yuritiş yölga qöyiladi.
- 2023 yil 1 sentabrgaça yangi tahrirdagi “Yaylovlar töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqiladi.

















