Özbekistonlik va tojikistonlik işçilar Ukrainaning Rossiya tomondan annexia qilingan Zaporijjya viloyatida rus armiyasi uçun xandaq qazgani aytildi. Bu haqda Baza xabar berdi.
Xabar tojikistonlik Aminjon ismli yigit sözlaridan yozilgan va xandaq qazgan özbekistonliklarning ismi-şarifi keltirilmagan.
Qayd etilişiça, tojikistonlik Aminjonga taxminan bir oy avval xavfli, ammo yaxşi maoşli iş taklif qilingan.
Yigit rozi bölgaç, uni avtobusda Zaporijjya viloyatiga jönatişgan. Uning sözlariga köra, avtobusda 32 kişi bölgan - barçasi Tojikiston va Özbekiston fuqarolari. Xandaqlar traktorlar bilan qazilgan, quruvçilar ularni yoğoç materiallar bilan mustahkamlagan.
Qayd etilişiça, Aminjon bir oyga yaqin vaqt işlagan va ikkita xandaq qazgan. Lekin «Sergey Yevgeneviç» degan şaxs unga atigi 595 ming rubl bergan. Aminjon dastlab kelişilgan maoşni oliş uçun Sergeyga bir neça bor qönğiroq qilgan, biroq iş beruvçi rozi bölmagan.
Aminjon omadi kelib, Moskvaga qaytişga muvaffaq bölganini, ammo qolgan quruvçilarning bir qismi qaytib kela olmasligini aytmoqda. Çunki, kimdir appenditsit bilan kasallangan, yana bir işçi panjasidan ayrilgan, ularga tegişli tibbiy yordam körsatilmagan.
Aminjon «Sergey Yevgeneviç»ning boşqa ma’lumotlarini bilmaydi. Politsiyaga şikoyat qilgaç, unga telefon orqali tahdidlar bölgan. Hozir u uydan çiqişga qörqib qolganini aytmoqda.


















