Tehron uzoq vaqt davomida Rossiyaga dronlar yetkazib berayotganini tan olmadi. Kreml esa öz navbatida, dronlar Rossiyaning öz işlanmasi ekanligini da’vo qildi.

Biroq 2022 yil noyabrida Eron taşqi işlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon uning mamlakati Rossiyaga xudkuş dronlar yetkazib berganini tan oldi. Ammo, uning sözlariga köra, bu eksport Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli uruşi boşlanişidan bir neça oy oldin sodir bölgan.

Lekin, Ukraina rasmiylari aytişiça, Rossiya hali ham Eron dronlarini sotib olişda davom etmoqda va allaqaçon 1500 dan ortiq Şahed’larni qabul qilgan. 2023 yilning yanvar oyi örtalaridagi hisobotda, Ukraina havo mudofaasi uşbu dronlarning 500 ga yaqini yöq qilingani haqida xabar berdi.

Agar 2022 yil kuzida, Rossiya Şahed’lardan birinçi bor foydalanişni boşlaganda ança katta muvaffaqiyatlarga erişgan bölsa, hozirda Ukraina bu dronlarning barçasini urib tuşirayotganini ma’lum qilmoqda.

Ammo, Eron droni allaqaçon juda samarali qurilma sifatida dunyo miqyosida şuhrat qozonişga muvaffaq böldi. Tehrondagilar bu dron bilan faxrlanişlarini oçiqçasiga aytmoqda. Şahed’larning siri nimada va Ukraina uşbu dronning öziga xos muqobillarini yarata oladimi?

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy urib tuşirilgan Eron droni oldida

Murakkab «moped»

Rossiya qöşinlari Ukrainaga qarşi eng köp Shahed-136 zarbdor dronlaridan foydalanadi va uni «Geran-2» deb nomlaydi. Kiçikroq va kuçliroq Shahed-131 (yoki «Geran-1») dronidan ham bir neça marta foydalanilgan. Bundan taşqari, Ukraina harbiy-havo kuçlari Eronning Muhajer droni urib tuşirilgani haqida ham xabar bergan.

Şahed’ning asosiy afzalligi avtonom tarzda katta masofani uçib ötişi va belgilangan nişonga aniq zarba berişidir. Dronning jangovar qismida nişonni yöq qiliş uçun portlovçi modda mavjud (Shahed-136’da taxminan 40 kg, Shahed-131’da esa 10 kg).

Uşbu moslama ölçamlari jihatidan juda kiçik: uzunligi 3,5 metr, oğirligi esa 200 kilogrammgaça. Dron deyarli 2 ming kilometr masofaga uça oladi.

Biroq dronning porşenli dvigateli baland ovozda işlaydi, şuning uçun u ukrainaliklar orasida «moped» laqabini olgan.

Shahed Ukrainadagi frontda birinçi marta 2022 yilning sentabr oyi örtalarida qöllangan. Öşandan beri ular turli şaharlar, jumladan, poytaxt Kiyevdagi obektlarga muntazam ravişda hujum qilib kelmoqda.