“Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qaroriga asosan, 2023 yil mart oyidan boşlab 6 ta yangi mahalliy yönalişda muntazam parvozlar yölga qöyilişi kerak.
Kun.uz transport vazirining matbuot kotibi Navröz Aşurmatovdan olgan ma’lumotga köra, qarorda körsatib ötilgan yönalişlardagi qatnovlarni yangi taşkil etilgan Silk Avia kompaniyasi amalga oşiradi, lekin mahalliy loukosterning samolyotlari hali olib kelinmagan.
“Hozirda aviakompaniyaning ilk samolyotlarini Özbekistonga olib keliş böyiça işlar olib borilmoqda”, – dedi vazirlik vakili.
Uzbekistan Airports (Silk Avia'ning ta’sisçisi) matbuot xizmati xodimi Ahmadjon Orifjonov ham samolyotlar keltirilmaganini tasdiqladi.
“Rejamiz böyiça şu yil 1-çoragida parvozlar boşlanişi kerak edi, bu böyiça aniq vaqtni belgilamagan edik. Çunki samolyotlar hali kelmagandi. Parvozlar uçun Silk Avia kompaniyasi tayyor, ammo uning samolyotlari yöq hali.
Hozir 2 ta samolyot Tailandda turibdi, Tailandning Transport vazirligi havo kemalarini olib ketiş böyiça hozirgaça ruxsat bermagan. Birinçisi testdan ötgan, ikkinçisi jarayonda, oldinma-keyin kelişini kutyapmiz. Uşlanib qolgani uçun 2 ta samolyot birdaniga kelişini taxmin qilyapmiz.
Uzbekistan Airports boşqaruv raisi mana şu samolyotlar masalasi yuzasidan Singapur orqali Tailandga uçib ketgandi. Kelişi bilan yangilik bölsa, bu boradagi ma’lumotlar e’lon qilinadi”, – dedi u.
Orifjonovning qöşimça qilişiça, qarorda keltirilgan yönalişlardagi qatnovlarning aviaçiptalari narxi, avvalroq Kun.uz yozganidek, 180 ming sömdan boşlanadi. Aviakompaniya uçta asosiy tarif asosida işlaydi.
Hozirça bu yönalişlarda haftasiga neçta parvoz amalga oşirilişi ma’lum emas.
Eslatib ötamiz, qarorda mart oyidan boşlanişi közda tutilgan yönalişlar quyidagilar: Samarqand – Nukus, Samarqand – Möynoq, Samarqand – Termiz, Buxoro – Termiz, Namangan – Termiz, Namangan – Nukus.

















