16 kun davomida 33 metr balandlikda...

Foto: Sabah

Qahramonmaraş şahri markazida joylaşgan 14 qavatli uy yer qimirlaşidan jiddiy zarar köradi. Uyning 11-qavatidagi kvartiralarning birida 70 yaşar Hanifa Oqkun töqsonni qoralagan onasi Gulli Oqkun bilan qolib ketadi. Öğil oğir xasta va töşakka mixlangan onani taşlab ketmaydi. Ikkovlon 16 kun davomida uyda bor yegulik bilan jon saqlaşadi.

Foto: Cumhuriyet

Taşqaridan binoyiday körinsa-da, köp qavatli uyning devorlari darz ketgan, kuçli zilzila natijasida zinalari qulab tuşgandi. Şu omil ham ona-bolaning binoni tark etişiga imkon bermagan.

Uluğ yoşdagi onaxon va uning nuroniy öğli kran yordamida qutqarildi. Turk naşrlari ona-bola nima uçun içkarida qamalda qolib ketgani haqida heç kimga xabar bera olmagani haqida yozişgani yöq. Ularning tirikligi haqida mahalla oqsoqoli xabar bergani aytilmoqda.

Foto: Cumhuriyet

Kasbi öqituvçi bölgan Hanifa Oqkun jurnalistlarga 6 fevral tongidagi va peşindan keyin sodir bölgan har ikki dahşatli zilzilani boşdan keçirişganini sözlab bergan. Garçi murakkab şaroitda qolgan bölsa-da, öğil xasta onasiga yetarliça ğamxörlik körsata bilgan.

Ona va öğil Malatya viloyat şifoxonasiga yotqizilgan.