Javohir 17 yoşida IELTS va SAT imtihonlaridan yuqori ball yiğib, AQŞ, Yevropa hamda Şveytsariyadagi jami 50 ta OTMga kirişga muvaffaq bölgan va 3 mln dollarlik grant yutgan. Ayni vaqtda Janubiy Florida universitetining «Computer Science» yönalişida 1-bosqiçda tahsil olmoqda. Javohirning aytişiça, u gigant IT kompaniyalar: Google yoki Metaʼda dasturçi sifatida faoliyat yuritişni öz oldiga maqsad qilib olgan.

«Yoz oylarida IELTS imtihonini, bir oyça vaqtdan söng SAT imtihonini topşirdim. 11-sinfimning oktabr oyidan fevral oyigaça bölgan vaqtda Amerika va Yevropaning 70 ta universitetiga hujjat topşirdim va 50 tasiga qabul qilindim. Ijtimoiy tarmoqlarda 40 ta deb yozişdi, lekin unday emas. Umumiy miqdorda 3 mln dollar grant yutdim, ular orasida töliq şaklda grant bergan oliygohlar ham bor. Şular orasidan Janubiy Florida universitetini tanladim. Bu oliygoh juda tez rivojlanyapti. Topşirgan paytimda reytingda 300-örinda edi, hozir esa kuçli 100 talikdan joy olgan.

Bu universitet menga 24 ming dollar grant taklif qilgan. Olgan grantlarimning içida eng kami bölişiga qaramasdan, şu universitetni tanlaganman. Çunki bu oliygoh IT sohasi böyiça yuqori örinlarda turadi. Yiliga 6 ming dollar grant ajratiladi, unça katta summa emas. Bundan taşqari, universitetimizning yana boşqa grantlariga ham topşirdim. Injiniring bölimimizda «external scholarship»lar ham bor, şunda köproq grantlar berişadi, hozir şular uçun hujjatlarimni topşirganman.

Javohir Ğaniboyev

Eng yuqori grantim Nyu-Yorkdagi Ithaca college'dan bölgan. Bu universitet «full tuition» grantini taqdim qilgan. Amerika universitetlarida 2 xil grant turi mavjud. Bular: «full tuition» va «fulbright scholarship» hisoblanadi.

«Fulbright scholarship» universitet kontrakti, yotoqxonasi, yeb-içiş xarajatlarini qoplaydi. «Full tuition» esa faqatgina kontrakt summasi uçun böladi. Mana şu «full tuition» grantini Ithaca college taqdim qilgandi, yiliga 45 ming dollar bölardi. Tanlamaganimga sabab AQŞda kollej va universitet bir xil mavqeda bölgani bilan, universitet katta hisoblanadi, kollejlar esa kiçikroq böladi. Hozirda öqiyotgan universitetimda 200 ta soha bor, 6 ming 400 metr kvadrat maydonga ega. Juda katta hududni egallagan. Ithaca college esa kiçikroq, buning ustiga mening sohamda yuqori reytingga ega emas.

Bilsangiz, universitetning kattaligi uning qiymatini bildiradi. Ya’ni bu bilan siz unda qança köp sohaga öqitilişini hamda talabalarga qançalik köp şaroit yaratilganini bilib olasiz».