BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Rossiya tomonidan Ukrainada sodir etilgan inson huquqlari buzilişini keskin tanqid qildi. Guterriş 27 fevral, duşanba kuni Jyenevada bölib ötgan BMT Inson huquqlari böyiça kengaşi yiğilişi oçilişida Moskva tomonidan boşlangan tajovuzkor uruş zamonaviy dunyoda inson huquqlarining eng ommaviy buzilişiga olib kelganini ma’lum qildi. 

BMT boş kotibiga köra, Ukrainaga qarşi bir yil avval boşlangan uruş odamlarning halok bölişiga, vayronagarçiliklarga va katta miqyosda köçirilişiga olib keldi. Tinç aholi va fuqarolik infratuzilmasiga qilingan hujumlar köplab qurbonlar va dahşatli azob-uqubatlarga sabab böldi, BMT Inson huquqlari böyiça Oliy komissari boşqarmasi önlab jinsiy zöravonlik holatlarini hujjatlaştirdi, dedi jahon taşkiloti rahbari. 

Antoniu Guterriş, şuningdek, insonparvarlik qonunçiligining qöpol ravişda buzilişi, xususan, harbiy asirlarga nisbatan yomon munosabatda böliş va tinç aholini öğirlab ketiş holatlari haqida xabar berdi. 

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Inson huquqlari böyiça kengaşi yiğilişida 47 a’zo davlat Ukrainadagi uruş davrida harbiy jinoyatlarni qayd qiluvçi BMT komissiyasining vakolatini uzaytiriş böyiça kelişib oliş niyatida.