Bu haqda davlat kotibi Entoni Blinken Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Bugun men Qozoğiston, Özbekiston va Hindistonga sayohatga ketyapman. Bu mening Davlat kotibi sifatida Qozoğiston va Özbekistonga birinçi safarim böladi va men Markaziy Osiyo bilan hamkorligimizni yanada rivojlantirişga intilaman. U yerdan G20 yiğilişi uçun Hindistonga boraman», dedi u. 

AQŞ taşqi siyosat idorasi rahbari Entoni Blinken Toşkentga taşrifi doirasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşişi haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Ostonada u mintaqadagi barça beşta davlat vakillari bilan AQŞning Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga sodiqligini tasdiqlaş, şuningdek, umumiy global muammolarga yeçim izlaşda mintaqa bilan hamkorlik uçun C5+1 (Markaziy Osiyo mamlakatlari + AQŞ) vazirlar uçraşuvida iştirok etadi.
 
C5+1 vazirlar yiğilişida AQŞ, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston örtasidagi iqtisodiy, energetika, atrof-muhit va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilinadi.
 
Eslatib ötamiz, brifing çoğida AQŞ Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça yordamçisi Donald Lu AQŞ rasmiylari inson huquqlarini ta’minlaş borasida Özbekistondagidek jadal ijobiy siljişni dunyoning heç bir joyida körmaganini ta’kidlagan edi.