Mançester Yunayted – Nyukasl 2:0
Gollar: 1:0 – 33 Kazemiro, 2:0 – 39, avtogol Botman.
Mançester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot (Uan-Bissaka, 46), Varan, Martines, Şou, Kazemiro, Fred (Zabitser, 69), Brunu Fernandeş, Veghorst (Maktomini, 70), Reşford (Maguayr, 88), Antoni (Sanço, 83).
Nyukasl – Karius, Tripper, Şer, Botman, Bern, Bruno Gimarayns (Uillok, 79), Longstaff (Isak, 46), Almiron, Uilson, Sen-Maksimen (Merfi, 78), Joelinton.
Ogohlantirişlar: Diogu Dalot (9), Fred (37), Joelinton (45), Kazemiro (87).
Uzoq kutilgan final
«Biz 67 yildan buyon kubokni qölga kirita olmadik». Ma’lum bölişiça, «Nyukasl» futbolçilariga sönggi oylarda Bentondagi bazada maşğulotlar oldidan televizor ekranida şunday xabar namoyiş etilgan. Yozişlariça, «Nyukasl» boş murabbiyi Eddi Hau tomonidan şunday topşiriq berilgan, lekin uning özi buni tan olmadi.
Bu final arafasida ataylab tarqatilgan hazil ham bölişi mumkin, ammo ibora mutlaqo töğri. «Nyukasl» 1955 yildan buyon Angliyada heç narsa yutmagan, öşanda jamoa Angliya Kubogi sohibi bölgandi. Şundan keyin «qarğalar» sovrinlar xonasida ahyon-ahyonda juda mayda va ayni vaqtga kelib tugatilib ketgan Yarmarkalar kubogi yoki Intertoto kubogi kabi sovrinlar kelib turgan. Bundan taşqari, «Nyukasl» bu asrda qandaydir kubok finaliga ham çiqmagandi. Mahoratli murabbiy va Saudiya Arabistonidan kelgan pullar tufayli jamoa nihoyat finalga çiqdi.

Kariusning qaytişi
«Mançester Yunayted» ham jiddiy ğalabalarga çanqoq edi. Albatta «Nyukasl» kabi emas — «MYu» sönggi sovrinlarini 2017 yilda qölga kiritgandi (Yevropa Ligasi va Liga kubogi). Ammo ser Aleks Fergyuson davrida doimiy sovrinlar kelişiga örganib qolgan muxlislar uçun olti yil — sezilarli muddat edi.
«Yunayted» bu finaldan oldin Yevropa Ligasida «Barselona»ga qarşi ikki öyinda jang olib bordi. Erik ten Hag jamoasi katalonlar tösiğidan ötdi, ammo javob öyinidan keyin finalga tiklaniş uçun köp vaqt bölmadi. Şunga qaramay, murabbiy asosiy tarkibni deyarli özgartirmadi: Diogu Dalot öng qanotda Van-Bissaka örnini egalladi, kök-anorranglilar darvozasiga ğalaba golini urgan Sanço örniga Antoni tuşirildi.
«Nyukasl» optimal tarkibni tuşirdi, ammo bu faqat maydonda töp suruvçi futbolçilarga taalluqli. Jamoaning asosiy darvozaboni Poup «Liverpul» bilan öyindagi ahmoqona fol tufayli maydondan çetlatilgan va diskvalifikatsiyaga uçragan, ikkinçi darvozabon Dubravka mavsumning birinçi qismida ijara asosida «MYu»ga berilganida Liga kubogi öyinida iştirok etgandi. Şu tufayli ilk daqiqalardan köpçilik yodidan çiqarib yuborgan Loris Karius darvozani qöriqladi. 2018 yilgi YeÇL finali antiqahramoni qişki transferlar çoğida «Nyukasl»ga kelib qöşilgandi va ikki yildan buyon rasmiy öyinlarda maydonga tuşmayotgandi. Ammo taqdir şunday böldiki, «Nyukasl»ning 67 yil içidagi eng muhim öyinida darvozani aynan şu nemis posboniga işonişga töğri keldi.



















