Leningrad oblastining Russko-Vysotskoye qişloğida yaşovçi tadbirkor va faol Dmitriy Skurixinga nisbatan Rossiya armiyasini «obrösizlantiriş» böyiça ikkinçi jinoiy iş qözğatilgan. Bu haqda «Setevyye svobody» naşri xabar bermoqda.

«OVD-Info» ma’lumotiga köra, uşbu faolga qarşi yangi iş oçiş uçun asos uning Ukrainaga keng kölamli bosqinning bir yilligida ötkazgan aksiyasi bölgan — 2023 yil 24 fevralida Skurixin «Prosti Ukraina» sözlari yozilgan plakatni kötargan holda bir kişilik mitingga çiqqandi.

Huquq faollari xabar berişiça, Skuxirin 25 fevral kuni qölga olingan, u tunni vaqtinça saqlaş izolyatorida ötkazgan.

26 fevral kuni Leningrad oblasti Lomonosov sudi tergovning Skuxirinni hibsga oliş töğrisidagi sörovini qanoatlantirgan. «OVD-Info» yozişiça, faol 25 kun muddatga hibs qilingan.

  • Dmitriy Skurixin köp yillardan buyon jamoatçilik faoli hisoblanadi — 2014 yildan buyon u Leningrad oblastidagi dökoni fasadiga 200 ga yaqin siyosiy plakatlar joylaştirgan. Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli bosqini boşlangaç, u öz dökoni devorlariga harbiy harakatlar çoğida jabrlangan Ukraina şaharlari nomlarini yozib çiqa boşladi.
  • 2022 yil mayida Peterburgning Lenin rayon sudi Skurixinga Rossiya armiyasini «obrösizlantiriş» haqidagi protokol böyiça 45 ming rubl miqdorida jarima qöllagandi. Bunga uşbu faol 3 mart kuni öz telegram-kanalida joylaştirgan uruşga qarşi rolik sabab bölgandi.
  • Keyinroq Skurixinga armiyani «obrösizlantiriş» böyiça jinoiy iş qözğatiladi. «Setevyye svobody» xabariga köra, faolga qarşi iş oçilişiga uning dökonidagi uruşga qarşi yozuvlar suratlari, şuningdek uning telegramdagi kanalida 2022 yil yozida e’lon qilgan uruşga qarşi posti sabab böladi. Sentyabr oyining ikkinçi yarmida faolning uyida tintuv işlari ötkaziladi, bir neça kundan keyin sud Skurixinga nisbatan muayyan harakatlarni taqiqlaş tarzida ehtiyot çorasi qöllaydi.