Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida odamlar ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2023 yil 23 fevral kuni soat 04:20 larda M-37 avtomobil yölining Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududidan ötuvçi 44-kilometrida sodir bölgan.

Buxoro-Samarqand yönalişida harakatlanib kelayotgan Lacetti maşinasi haydovçisi uxlab qolgan. U boşqaruvini yöqotib, yöl çetida töxtab turgan yuk avtomobili tirkamasining orqa qismiga borib urilgan.

Oqibatda Lacetti haydovçisi va ikki nafar yölovçi olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.