Yevrokomissiya Polşa va BMT bilan birgalikda ukrainalik bolalarning deportatsiyasiga oid dalillarni birgalikda yiğiş taşabbusini ilgari surmoqda, deb xabar berdi DW naşrining Bryusseldagi muxbiri. 

Bosqin boşidan beri minglab ukrainalik bolalar Rossiya harbiylari tomonidan asrab oliş uçun Rossiyaga olib ketildi, dedi Yevropa komissiyasi rasmiy vakili Dana Spinant brifingda. 

«Ukrainalik bolalarning öğirlanişi - katta ijtimoiy muammo, fojia va jinoyat», deya ta’kidlab ötdi u. 

Qöşma taşabbusdan közlangan maqsad - majburan olib çiqib ketilgan bolalarni topiş va aybdorlarni javobgarlikka tortiş. Yaqin kunlarda Yevropa Komissiyasi taşabbus haqida batafsilroq ma’lumot berişi aytiladi.

Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba ukrainaliklarning qöşni davlatga ommaviy olib çiqib ketilişiga işora qilib, Rossiyani genotsidda aybladi. 

Kulebaning sözlariga köra, Rossiya tomoni minglab bolalarni rus oilalariga asrab oliş va ularni rus qilib qayta tarbiyalaş uçun Ukrainadan majburan olib çiqqan. 22 fevral kuni Nyu-Yorkda BMT Boş Assambleyasining favqulodda sessiyasi oçilişida Ukraina taşqi işlar vazirligi rahbari: «Bu genotsid», deb ma’lum qildi.

Moskva bu kabi ayblovlarni rad etib, ukrainaliklarning Rossiyaga köçib ötişini uruş zonasidan evakuatsiya qilinişi bilan izohlaydi. Bundan taşqari, Rossiya tomoni bolalarning deportatsiya qilinişini ham rad etyapti, şu bilan birga davolaniş yoki dam oliş uçun sayohatlar haqida gapiryapti.