Deputatlar tomonidan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş tizimini yanada takomillaştiriş munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi muhokama etildi.

Qonun loyihasi bilan Özbekiston Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi, Mehnat va Oila kodekslariga, “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi va “Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi qonunlarga va boşqa bir qator qonun hujjatlariga tegişli özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Xususan, qonun loyihasi orqali tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçiga davlat himoyasini taqdim etuvçi order sud tomonidan bir yil muddatgaça berilişini belgilaş, çet el fuqarosi Özbekiston hududida aliment majburiyatlarini bajarmaganlik uçun sudlangan yoki ma’muriy javobgarlikka tortilgan bölsa, unga nisbatan Özbekistondan çiqarib yuboriş va Özbekistonga kiriş huquqini çeklaş böyiça ma’muriy çoralarini qöllamaslik, ayolni öz homilasini sun’iy ravişda tuşirişga majburlaganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş, şaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvçi, şa’ni va nomusini kamsituvçi ma’lumotlarni oşkor qilganlik uçun jinoiy javobgarlikni belgilaş nazarda tutilyapti.

Yiğilişda deputatlar tomonidan qonunning qabul qilinişi xotin-qizlar va bolalar huquqlari, ularning erkinliklarini ta’minlaşga xizmat qilişi ta’kidlanib, qonun loyihasi qöllab-quvvatlandi.