U Ukraina Mudofaa vazirligi bayonotiga işora qilib, 27 fevralga ötar keçasi mamlakat havo hududida uçirilgan 14 ta Shahed dronidan 11 tasi urib tuşirilganini bildirdi, ulardan töqqiztasi Kiyev yaqinida yöq qilingan. 

Keyinçalik, Kiyev bilan çegaradoş Çernihov viloyatida Eronning yana uçta uçuvçisiz uçoqlari urib tuşirilgani haqida xabar berilgan. 

«Hujum yönalişini hisobga olsak, bu Shahed uçuvçisiz uçoqlari, ehtimol, Bryansk viloyatidan uçirilgan bölişi mumkin. Avvalroq, 2022 yil dekabri örtalaridan boşlab dronlar faqat Krasnodar ölkasi, Azov dengiz orqali uçirilayotgandi», deb yozadi Britaniya Mudofaa vazirligi. 

«Ikkinçi uçiriş maydonçasi rossiyaliklarga Kiyevga yaqinroq bölgan boşqa hujum punktidan foydalaniş imkonini beradi. Bu, ehtimol, uçuvçisiz uçiş apparatlarining Ukraina ustida havoda qoliş vaqtini qisqartiradi va Ukraina havo mudofaasini yanada kengaytirişga uriniş böladi», deyiladi hisobotda.