Gretsiyadagi temiryöl halokati natijasida, yangilangan ma’lumotlarga köra, kamida 38 kişi halok böldi, 66 kişi jarohat oldi, deb xabar qildi mamlakat rasmiylari 1 mart, çorşanba kuni ertalab. Hodisa keça Gretsiya markazidagi Larisa şahri yaqinida sodir bölgan: yölovçi va yuk poyezdlari özaro töqnaşuvidan söng yölovçi poyezdi relsdan çiqib ketgan.

Hellenic Train operatoriga köra, Afinadan Salonikiga ketayotgan yölovçi poyezdida kamida 350 kişi bölgan. Kasalxonaga yotqizilgan 66 jabrlanuvçidan olti nafari reanimatsiyada. Bundan taşqari, olti kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanyapti. Qutqaruvçilar halok bölganlar va tirik qolganlarni qidirişda davom etmoqda. Ular qurbonlar soni ortişidan xavotirda.

Axborot agentliklarining xabar berişiça, vagonlardan biri butunlay vayron bölgan, qutqaruvçilar içkariga kira olmayapti. Boşqa vagonlar qisman vayron bölgan, ba’zilari yonib ketgan. Gretsiya ommaviy axborot vositalari hodisani mamlakat tarixidagi eng yirik temiryöl halokati deb atadi. Qutqaruv işlariga 150 nafar favqulodda xizmat xodimi, 40 dona maxsus texnika va kranlar jalb qilingan.