Gretsiyada 1 mart, çorşanbaga ötar keçasi ikki poyezdning töqnaşuvi oqibatida kamida 32 kişi halok böldi, yana 85 kişi jarohatlandi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi mamlakat qutqaruv xizmatlariga tayanib.

Afinadan 370 km uzoqlikda joylaşgan Larisa şahri yaqinida içida 350 kişi bölgan yölovçi va yuk poyezdlari töqnaşib ketdi. Natijada vagonlar relsdan çiqib ketgan, ulardan birida yonğin çiqqan.

Hodisadan jabrlanmagan yölovçilar evakuatsiya qilingan va avtobusda Saloniki şahriga jönatilgan.

Ikki poyezdning bir yölda töqnaş kelgani sabablari hali aniqlaştirilmadi.

Qutqaruv işlari davom etmoqda. Mintaqa gubernatori Kostas Agorastos jarohatlanganlar va qurbonlar soni ortişi mumkinligini aytdi. Unga köra, yölovçi poyezdining törtta vagoni relsdan çiqib ketgan, birinçi ikkitasi esa «deyarli butunlay vayron bölgan».

Temiryöl operatori Hellenic Train «ikki poyezd – Afinadan Salonikiga ketayotgan yuk poyezdi va IC 62 poyezdi örtasida töqnaşuv sodir bölganini» aytdi. «Töqnaşuv vaqtida bortda 350 ga yaqin yölovçi bölgan. Voqea joyiga öt öçiruvçilar va Hellenic Train xodimlari yetib kelgan, qutqaruv işlarida qatnaşgan va sayohatçilarga yordam berişgan», - deyiladi kompaniya xabarida.