Konstitutsiyani özgartirişga oid qonun loyihasi böyiça muhokamalar davom etmoqda. Hujjat loyihasi ustida parlament quyi palatasining tegişli qömitalari iş olib boryapti.
24 fevral kuni qömitalarning navbatdagi yiğilişi ötkazilib, boş qomusga kiritilayotgan özgarişlar muhokama qilindi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Gulruh A’zamova islohotlar doirasida amaldagi konstitutsiyaning 19-moddasiga kiritilayotgan özgarişlar haqida ma’lumot berdi.
— Amaldagi modda va uni özgartiriş ehtiyoji nimalardan iborat?
— Konstitutsiyaning 19-moddasida Özbekiston fuqarolari davlat bilan özaro huquq va majburiyatlar asnosida munosabatga kirişişi töğrisida gap boradi. Lekin yillar davomida mana şu huquq va majburiyatlar fuqarolar yoki davlat tomonidan buzilayotgani, ziddiyatga uçrayotganini köriş mumkin. Deylik, mahalliy hokimiyatga bölgan murojaatlarda fuqarolar öz muammosini aytadi, rahbar esa inobatga olamiz deydi yoki mutasaddi taşkilot rahbariga nazoratga olişni aytadi. Bu holatda fuqaro özining murojaat qiliş huquqidan foydalanadi, davlat organi ham öz huquqidan foydalanib javob beradi. Lekin holatni tahlil qilsak, öz natijasiga erişmaydi, ya’ni fuqaro faqat va’da oladi.
Har bir fuqaroning hokimiyatga murojaat qiliş huquqi bor. Lekin hozirgi kunda muammolar köpayib borayotgani, amaliy işdan köra va’dalar köpaygani va buning natijasida odamlarda davlat organlariga nisbatan işonçsizlik tuğilayotgani ham mana şu moddani yanada takomillaştiriş, aniq yönalişlarni körsatiş ehtiyojini paydo qiladi. Hozirgi qonun loyihasida davlat va fuqaroning huquq va majburiyatlari hamda özaro munosabatlar qanday tamoyillar asosida işlaşi kerakligi aniq körsatilmoqda.

— Moddaga aynan qanday özgartiş va qöşimçalar kiritilyapti? Ular nimalarni közda tutadi?
— Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolar özini özi boşqariş organlari, ularning mansabdor şaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.
Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qöllanadigan huquqiy ta’sir çoralari mutanosiblik prinsipiga asoslanişi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erişiş uçun yetarli bölişi kerak.

















