Ulitov oblasti akimi (rahbari) Berik Abdigaliuli «Ulitov oblastining ma’naviy taraqqiyoti» nomli anjumanda Qozoğistondagi sovetça nomlar qozoqçaga özgartirilişi respublika aholisini ilhomlantirişi haqida gapirgan.
«Çunki sovetlar davrida oblastlarga ma’muriy nom beriş an’anasi bölgan. Hozirga qadar şunday nomlarini saqlab qolgan regionlar bor», — degan Abdigaliuli.
Informburo naşri xabariga köra, u Pavlodar oblastini Bayanovul, Şimoliy Qozoğiston oblastini Qiziljar, Ğarbiy Qozoğiston oblastini Akjayik, Şarqiy Qozoğiston oblastini esa Altay oblasti deb qayta nomlaşni taklif etgan. Akim bular «ming yillik tarixga ega muqaddas yerlar» ekanini ta’kidlagan.
U yaqinda taşkil etilgan Jyetisuv va Abay oblastlari (ular avval Almati va Semipalatinsk oblastlari tarkibida bölgan) «qozoqlarning muqaddas yerlari va buyuk şaxslari şarafiga nomlangani»ni eslatgan. U bir yil oldin taşkil etilgan va özi rahbarlik qilayotgan Ulitov viloyatini Markaziy Qozoğiston oblasti deb nomlaş böyiça takliflar bölgani, ammo prezident Qosim-Jömart Töqayev «adolatli va tarixiy qaror» qabul qilganini aytib ötgan.
Qozoğiston hukumati joriy yil fevralida 2025 yilgaça 3 ming aholi yaşaş manzillari va köçalarning «mafkuraviy jihatdan eskirgan» nomlari özgarişini anons qilgandi. Boş vazir örinbosari Altay Kulginov «tarixiy şaxslar» röyxati tuzilib, yangi nom tanlaşda ularga tayanilişini aytgan. «Nom tanlaşda, albatta, mahalliy aholining fikri inobatga olinadi, taklif etilayotgan nomning tarixi örganiladi», — degan u.
- Ma’lumot uçun, nomlari Rossiya yoki sovetlar davri bilan boğliq bölgan köçalar va aholi yaşaş manzillari nomlanişini özgariş jarayoni ayni vaqtda Ukrainada amalga oşirilmoqda. Bu jarayon Rossiya bosqinidan keyin faollaşgan.

















