Samarqand viloyati Urgut tumanida öquvçini urib, uning quloq pardasini yirtib yuborgan maktab direktoriga sud hukmi öqilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar bermoqda.

Hodisa 2022 yil 12 oktyabr kuni Urgut tuman XTBga qaraşli 61-maktabda sodir bölgan. Maktab direktori 6-sinf öquvçisini paqildoq otişda ayblab urgan, oqibatda bolaning quloq pardasi yirtilib ketgan.

Hodisa yuzasidan munosabat bildirgan viloyat XTB direktor bilan mehnat şartnomasi bekor qilinganini xabar bergandi.

Viloyat IIB axborot xizmati esa direktor öquvçini urib mansab vakolati doirasidan çetga çiqqani sababli unga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qilgandi.

Qayd etilişiça, sud sobiq direktorni Jinoyat kodeksining 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 1-qismi bilan uç yilga ta’lim sohasida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan.

Bundan taşqari, unga nisbatan 2 yilga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.