Uzbekistan Airways matbuot kotibi Kamola Ikromovaning AOKAda ötgan brifingda ma’lum qilişiça, bayram çegirmasini boşqa turdagi çegirmalar bilan birlaştiriş taqiqlanadi. Çegirma 2 yoşgaça bölgan bolalar uçun amal qilmaydi. 2 yoşdan 12 yoşgaça bölgan bolalar uçun esa 25%, bolalar çegirmasiga qöşimça ravişda 21% çegirma taqdim etiladi.
Şuningdek, aviakompaniya şu yilning 26 martidan 28 oktyabriga qadar amal qiladigan bahor-yoz parvozlar jadvaliga ötayotgani ham ma’lum qilindi. Unga köra, yozgi navigatsiya davrida aviakompaniya maşhur sayyohlik yönalişlariga parvozlar sonini köpaytiradi, yönalişlar tarmoğini kengaytiradi.
Bu mavsumda 70 dan ortiq yönaliş böyiça muntazam aviaqatnovlar amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Xususan, Toşkentdan Urganç va Nukusga parvozlar kuniga 2 marta, Buxoroga esa 1 marta böladi.
Qolaversa, Toşkentdan Qarşiga haftada 2 marta, Termiz va Samarqandga 6 marta, Farğona vodiysi böylab: Namanganga – 2, Farğonaga – 3 va Andijonga ham ikki martadan aviaqatnovlar bajariladi.
Eslatib ötamiz, aviaçiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, şuningdek, UzAirways mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qiliş mumkin.

















