Qöşma Ştatlar E-6B Mercury «Qiyomat kuni samolyoti»ni Yevropaga köçirdi. Bu haqda 28 fevral kuni Amerika qöşinlarining Yevropadagi qömondonligi ma’lum qildi.
AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining havo qömondonlik punkti vazifasini bajaruvçi samolyot Islandiyaga qöndi.
«AQŞ Harbiy-dengiz kuçlarining E-6B Mercury samolyoti AQŞ strategik qömondonligining birinçi qanoti tomonidan boşqariladi va yaqinda Islandiyaga yetib bordi. U AQŞ Yevropa qömondonligi mas’uliyat hududida işlaydi», deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, samolyot ekipaji a’zolari Islandiyada AQŞ elçisi va boşqa diplomatlar hamda harbiy xizmatçilar bilan uçraşgan.
Islandiya hududida Keflavik aerodromi joylaşgan bölib, AQŞ armiyasi 1941 yildan 2006 yilgaça undan foydalangan. Ammo keyin mamlakatni tark etgan. Oradan 10 yil ötib, 2016 yilda AQŞ va Islandiya Amerika qöşinlarini orolga qaytariş böyiça kelişuv imzoladi. Islandiya rasmiylari bu qadamni Yevropadagi xavfsizlik bilan boğliq vaziyat yomonlaşgani bilan izohladi.
E-6B Mercury - Amerika harbiy strategik qömondonlik va boşqaruv samolyoti, şuningdek, AQŞ harbiy-dengiz kuçlari uçun havo-desant qömondonlik punkti. U «Qiyomat kuni samolyoti» deb ham ataladi, çunki yadroviy uruşda qurolli kuçlarni boşqariş uçun möljallangan havo qömondonlik punktidir.

















