Daniyaning Maersk Air Cargo yuk aviakompaniyasi Billund — Navoiy — Xançjou — Navoiy — Billund yönalişi böyiça Özbekistonga parvozlarni yölga qöymoqda. Yuk taşuvçisining birinçi parvozi 2023 yil 20 martga belgilangan.

Maersk Air Cargo aviakompaniyasi boşida haftasiga olti marta reyslarni amalga oşirişni rejalaştirmoqda, keyinçalik reyslar haftasiga 36 martagaça köpayadi. Boeing 767 yuk samolyotlari Daniyadan Özbekiston orqali Xitoyga va ortga uçadi. «Navoiy» aeroporti aviakompaniya samolyotlarini texnik qöniş, yonilği quyiş va ekipajni almaştiriş uçun tranzit punktiga aylanadi.

Maersk Air Cargo ştab-kvartirasi Daniyaning Billund şahrida joylaşgan Daniya yuk aviakompaniyasidir. Kompaniya 2022 yilda Maersk logistika guruhi tarkibiga kiruvçi Star Air aviataşuvçisi negizida taşkil etilgan.