Fransiyada sud ilk bor rossiyalik oligarxga tegişli bölgan villani jinoiy iş doirasida xatlovga oldi. Gap Magnitogorsk metallurgiya kombinati direktorlar kengaşi raisi Viktor Raşnikov haqida ketmoqda, deya xabar beradi Le Monde gazetasi 1 mart, çorşanba kuni. Villaning narxi 23 million yevroga baholanmoqda, u Nitssa yaqinidagi Sen-Jan-Kap-Ferra qirğoqböyi kommunasida joylaşgan.
Gazetaning yozişiça, villa 2022 yil oktyabr oyida Parij prokuraturasining uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş bilan şuğullanuvçi bölimi - Junalco söroviga köra xatlovga olingan. Tergovçilar villa sotilayotganini aniqlagan. Şu bilan birga, sotuvçi, Şveytsariya kompaniyasi Panamada röyxatdan ötgan yirikroq kompaniyaga tegişli. Junalco bu tuzilmalar Raşnikov, şuningdek, villaning xaridori, Rossiya fuqarosi bilan boğliq deb hisoblaydi. Qiymati 17 million yevrolik (barça soliq va yiğimlar tölanganidan keyin) bitim oxir-oqibat muzlatib qöyildi.
2022 yil 15 martda oligarx Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan söng Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolganidan söng, Moviy qirğoqdagi Raşnikovning yana uçta uyiga egalik huquqi ma’muriy jihatdan muzlatib qöyilgan. Biroq öşanda Sen-Jan-Kap-Ferradagi villa Fransiya huquq-tartibot idoralari xodimlarining e’tiboriga tuşmagan, çunki u Raşnikovning mulki deb e’lon qilinmagan, deb yozadi Le Monde xabardor manbaga tayanib.
Naşrning yozişiça, Fransiyada Rossiya oligarxlariga nisbatan pul yuviş böyiça jami 17 ta iş tergov qilinmoqda.

















