Isroilda sud-huquq islohotlariga qarşi namoyişlar 1 mart, çorşanba kuni politsiya bilan töqnaşuvlarga aylanib ketdi. Namoyişçilar Tel-Avivdagi bir qança köçalarni tösib qöyişdi, politsiya suv purkagiçlar va şovqin granatalaridan foydalangan. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga köra, 39 kişi qölga olingan. AFP axborot agentligining xabar berişiça, kamida 11 nafar yaralangan namoyişçi şifoxonalarga yetkazilgan.
Associated Press huquq-tartibot idoralari xodimlari Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxuning rafiqasi Sarani qutqarişga majbur bölganini yozadi. Namoyişçilar u bölgan sartaroşxonani örab olişdi. «Mamlakat yonmoqda, Sara esa soçini oldiryapti», deb hayqirdi namoyişçilar. Natijada uni politsiya maşinasida salondan olib çiqişdi, olomon esa: «Uyat!» deb baqirgan.
Netanyaxuning özi politsiya harakatlarini qöllab-quvvatlab, televideniye orqali namoyişçilar «qizil çiziqni kesib ötganini» aytdi. «Namoyiş qiliş huquqi mamlakatni anarxiyaga botiriş uçun litsenziya emas», dedi u. «Biz qonunni buzişga va zöravonlik qilişga yöl qöymaymiz - Xovarda ham, Tel-Avivda ham, boşqa joyda ham».
Sud-huquq islohoti Isroilning 2022 yil oxirida qasamyod qilgan yangi öta öng hukumatining asosiy loyihalaridan biridir. Mamlakatda minglab norozilik namoyişlari bir neça haftadan beri davom etmoqda - islohot yanvar boşida e’lon qilinganidan beri.

















