Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinkenning Markaziy Osiyo mamlakatlariga taşrifidan maqsad bu davlatlarning Rossiya bilan yaxşi qöşniçilik munosabatlarini yöq qiliş ekanini aytdi. Uning sözlaridan TASS iqtibos keltirdi.

«Ular (AQŞ) buni yaşirmaydi. Ular bu davlatlarning Rossiya bilan yaxşi munosabatlarni saqlab qolişiga yöl qöymaslik uçun işlamoqda», dedi Lavrov.

Uning sözlariga köra, AQŞ, YeI va Buyuk Britaniya vakillari MDH davlatlarida faollikni oşirgan.

28 fevral kuni Blinken Özbekiston poytaxti Toşkentga ilk bor taşrif buyurdi. Özbekiston Taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Baxtiyor Saidov uçraşuv «juda samarali» bölganini aytib, Vaşingtonga Özbekiston hukumati taşabbusi bilan boşlangan islohotlar dasturini doimiy qöllab-quvvatlayotgani uçun minnatdorlik bildirgan edi.