Senatorning aytişiça, davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining oçiq portali – “Argos.uz”da imtihondan ötgan ayrim nomzodlar örniga boşqalar işga joylaşib ketayotgani yoki tanlovlarda ğolib bölganlar örni almaşib qolayotgani muammoli jihatlardan hisoblanadi.
“Argos”, tanlovlar bu – yangi Özbekistonning şakllangan tizimi. Biz uni mustahkamlaşimiz kerak. “Argos”da ğolib çiqdimi, qöysin, nima uçun boşqasi ötib ketadi? Uning obröyini kötarişimiz kerak. Kadrlar tayyorlaşda ham.
Tanlovlar – qurilişdami, yöldami... Uning şaffof deyilişi heç kimga körsatilmaydi degani emas. Bular hamma biladigan narsa bölişi kerak. Yutgan odam olişi kerak. Işlagandan keyin tahlil qiliş kerak. Bu mexanizmlarni takomillaştiriş kerak”, – degan Farmon Toşev.
Ma’lumot uçun, vacancy.argos.uz portali faoliyati prezident Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil 3 oktyabrdagi farmoni bilan Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi tomonidan yölga qöyilgan.
Portal davlat organlari va taşkilotlarining vakant lavozimlariga kadrlarni oçiq mustaqil tanlov asosida qabul qiliş maqsadida işlab çiqilgan. Bunda 2021-2022 yillar davomida 68 ta davlat organi va taşkilotlari, hamda 208 ta tuman (şahar) hokimliklari (ularning hududiy bölinmalari va tizim taşkilotlari kesimida — 14 412 ta taşkilot, şundan 13 542 tasi 2021 yilda ulangan) ulangan.
2021-2022 yillar davomida davlat organlari va taşkilotlari tomonidan vakant lavozimlar uçun 140 ming 700 ta tanlov e’lon qilindi.
Tanlovlarda 1,3 mlndan ziyod nomzod iştirok etgan bölib, ularning 45 ming 349 nafari tanlov ğolibi (şu jumladan, 2021 yilda 6 016 nafar, 2022 yilda 39 333 nafar) sifatida vakant lavozimlarni egallagan.

















