“Mercure” brendi 60 mamlakatda 810 dan ortiq mehmonxonaga ega. Brend 110 ta mamlakatda 10 000 ta restoran va barga, 5300 dan ortiq mehmonxonaga ega hamda turli xizmatlar, mukofotlar va tajribalardan foydalaniş imkonini beruvçi sodiqlik dasturi — Accor Live Limitless loyihasi a’zosi bölgan dunyodagi yetakçi mehmonxonalar guruhi — “Accor” tarkibiga kiradi.

 

“Mercure Tashkent” turli toifadagi 126 ta zamonaviy va keng xonalarda joylaştirişni taklif qilib, özining ilk mehmonlarini qabul qilmoqda. Mehmonxonada ikkita restoran — turk va Yevropa taomlari, köplab xizmatlarga ega spa markazi, şuningdek, uçraşuvlar va tadbirlar uçun konferensiya zallari mavjud.

“Biz guruhning Özbekistondagi birinçi mehmonxonasi bölgan “Mercure Tashkent”ning oçilişini ğurur bilan e’lon qilamiz. An’anaga köra, Özbekiston Şarq va Ğarbni boğlaydigan asosiy savdo va madaniy yöllar çorrahasida bölib, özligini eng yaxşi jahon namunalari asosida rivojlantirişga muvaffaq böldi. Şu bois Accor hamkorimiz Lumiere MÇJ bilan birgalikda mahalliy madaniyat, xarakter va an’analardan ilhomlangan öziga xosligi va uyğunligi uçun “Mercure” brendini tanladi.

Mehmonxonaning zamonaviy infratuzilmasi va qulay joylaşuvi mintaqaga yangi sayyohlar va işbilarmon sayohatçilarni jalb qiliş uçun ajoyib imkoniyat yaratadi. Öz navbatida, biz mehmonlarga eng yuqori jahon standartlariga asoslangan xizmatlarni taklif qilişga va ularning Toşkentda qolişlarini unutilmas qilişga tayyormiz. Işonçimiz komilki, Özbekistonda taniqli xalqaro brendlar ostida yangi mehmonxonalar oçilişi mamlakatning sayyohlik jozibadorligini oşiradi, uning içki va xalqaro sayyohlik bozorlarida raqobatbardoşligini mustahkamlaydi”, — dedi Accor New East Europe boş direktori Aleksis Delaroff.