Voqealar rivoji

2 mart kuni Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz telegram-kanalida region hududiga «Ukrainadan diversiya-razvedka guruhlari kirib kelgani» haqida xabar berdi.

Uning sözlariga köra, «diversantlar» çegaradagi Klimovskiy rayonining Lyubçane qişloğiga bostirib kirgan va avtomobilni öqqa tutgan, natijada tinç aholi vakillaridan bir kişi halok bölib, 10 yoşli bola yaralangan.

Rossiya propaganda naşrlari esa maktab avtobusi öqqa tutilgani haqida xabar bergandi, ammo region rasmiylari buni rad etib, hududdagi maktablar masofadan ta’lim şakliga ötganini ma’lum qildi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga köra, hodisa vaqtida ikki kişi halok bölgan.

Mash va Baza manbalariga köra, Bryansk oblastiga jami 40-50 nafar «diversant» kirib kelgan. TASS guruh önlab qurollangan kişilardan iborat bölganini xabar qildi. «112» telegram-kanali «diversantlar» ikki guruhga ajralgani va bir-biridan 20 kilometr masofada joylaşgan Lyubeçane va Suşani qişloqlariga yöl olganini xabar qildi.

TASS manbasi «diversantlar» ikki qişloqqa bostirib kirganini xabar qilgan. Ulardan birida tört yoki olti kişi garovga olingani, Rossiya kuçlari va «diversantlar» örtasida jang keçgani haqida aytilgan. Region rahbariyati huquq-tartibot organlari Suşani qişloğida iş olib borayotganini ma’lum qilgan. Baza esa bu qişloqda göyoki elektr nimstansiyasi va gaz stansiyasi portlatilgani haqida yozdi. OAV Suşanida odamlar garovga olinganini xabar qildi, ammo region rahbariyati buni rad etdi. RIA Novosti esa Lyubeçane qişloğidagi dökonda bir neça kişi garovda ekani haqida yozdi.

Bryansk oblasti gubernatorining sönggi ma’lumotiga köra, Lyubeçane qişloğida «Ukrainadan kelgan diversantlar reydi» oqibatida halok bölganlar soni ikki nafarni taşkil etmoqda.

Putin safarini qoldirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bryansk  oblastidagi voqealar fonida Stavropol ölkasiga safarini qoldirdi, bu yerda u Öqituvçi va ustozlar yili oçiliş marosimida iştirok etişi közda tutilgandi.

RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Putin marosimda «tuşunarli sababga köra, videokonferensiya rejimi»da qatnaşişini aytdi. RIA Novosti naşri aniqlik kiritişiça, Putinning Stavropol ölkasiga safari bekor qilinişi Bryansk oblastidagi voqealar bilan boğliq.