Xarid qilingan Leopard’lar yordamida Germaniya Ukrainaga tank yetkazib beruvçi mamlakatlarda yetişmovçilikni qoplaşni rejalaştirmoqda. Şveytsariya armiyasi Germaniya hukumatining tegişli arizasini körib çiqişni boşladi. 

Germaniya Şveytsariyadan uşbu davlatda saqlanayotgan Leopard 2 tanklarini sotib olmoqçi. Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius va iqtisodiyot vaziri Robert Xabek 23 fevraldagi maktubida Şveytsariya iqtisodiyot vaziri Viola Amherddan şartnomani tasdiqlaşni söradi, deb yozadi Şveytsariyaning Blick gazetasi juma, 3 mart kuni. 

Germaniya hukumatining rejalariga köra, 96 ta foydalanişdan çiqarilgan Leopard 2 tanklari nemis işlab çiqaruvçisi Rheinmetall’ga qaytarilişi kerak. Germaniya bu tanklar Ukrainaga tank yetkazib beruvçi YeI va NATO mamlakatlari arsenalidagi uskunalar yetişmasligini qoplaydi degan fikrda, deb ta’kidlaydi Blick. 

Naşr ma’lumotlariga köra, Şveytsariya armiyasi özida saqlanayotgan Leopard’ni Germaniyaga sotiş masalasini dastlabki körib çiqişni boşlagan. Şveytsariya harbiy vakili Blick naşriga uning armiyasi çeklangan miqdordagi jangovar tanklarni berişi mumkinligini aytdi, ammo öz ehtiyojlari uçun 34 ta tank kerak.