«Mediazona» naşri 2022 yilning sentabr-oktyabr oylarida harbiy xizmatga çaqirilgan rossiyaliklar sonini 527 703 kişi deb baholadi, bu haqda 2 mart, payşanba kuni çop etilgan yangilangan tadqiqot natijalarida aytilgan.

2022 yil oktyabr oyida «Mediazona» tezlaştirilgan asosda tuzilgan nikohlar soni böyiça Rossiyada safarbarlik kölamini baholaş usulini işlab çiqdi. 2022 yil 21 sentabrda «qisman safarbarlik» e’lon qilingandan söng, çaqiruv qoğozini olgan erkaklarga FHDYo bölimiga murojaat qilgan kuniyoq nikohni rasmiylaştirişga ruxsat berildi. Safarga olinganlar bu imkoniyatdan «ommaviy ravişda foydalanişdi», çunki nikohdan taşqari birga yaşaş holatida qarindoşlar haqida ma’lumot oliş va ular vafot etgan taqdirda tovon puliga umid qiliş mumkin emas, deb ta’kidlaydi «Mediazona».

2022 yil sentabr-oktyabr oylarida tezlaştirilgan nikohlarning aksariyati uruşga yuborilgunga qadar sodir bölgan. Oktyabr oyi oxirida «qisman safarbarlik» çaqiruvi tugadi, biroq nikohlar soni kamaymadi. Noyabr oyidan beri safarbar qilinganlar xizmat joyida yoki ta’tilda turmuş qurişni davom ettirdi, deb yozadi mualliflar. Rosstat ma’lumotlariga köra, 2022 yil noyabr oyida Rossiyada nikohlar soni ötgan yilning şu oyiga nisbatan 45 mingga, dekabrda esa 16 mingga köp bölgan. 2021 yilga nisbatan nikohlar soni nafaqat safarbar qilinganlar hisobiga oşgan: 2021 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli odatdagidan kamroq turmuş qurilgan, deya ta’kidlaydi tadqiqotçilar.

50 ta hududdagi FHDYo bölimlarining yangilangan ma’lumotlariga köra, ikki oylik safarbarlik davrida çaqiruv qoğozi olgan 24 000 dan ortiq erkaklar (safarbarlik yoşidagi bölajak xotini bilan birga yaşagan erkaklarning 1,42 foizi) nikohdan ötgan. Harbiy yoşdagi erkaklarning umumiy soniga köra, faqat uşbu mintaqalarda 240 mingga yaqin odam uruşga ketgan, butun Rossiya böylab - 527 ming. Bu minimal hisob-kitob, deb ta’kidlaydi tadqiqot mualliflari.

Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu 300 ming kişi safarbar etilganini ma’lum qilgan edi. Rasmiylarga köra, yana 20 mingga yaqin kişi köngilli sifatida uruşga ketgan.