21-asrda ham dunyo tinçigani yöq – uruşlar bölib turibdi, ammo Ukrainaning boşiga tuşgan savdo possovet davlatlari uçun favqulodda köp narsani anglatuvçi, voqelikning kutilmaganda qora tarafini oçib taşlagan “yangilik” böldi.
24 fevral tongida zamonasini his qiladigan har bir kişi ruhan parallel voqelikka köçib ötdi... çunki biz bilgan dunyo köproq bizning xayolimiz ekani, rost dunyo esa boşqa – xatarlari vaqt va maqon miqyosida şundoq yonginamizda ekani ayon böldi.
Ongimizda hosil bölgan barça bilganlarimizni qayta körib çiqişga majbur böldik, va buni sanoqli soniyalarda qilişga mahkum edik, çunki yuz bergan hodisani aqlimizga siğdira olmasdik. “Nahot?”
Zero, voqelik qançalik açinarli bölmasin, bunçalik emasligiga işonar edik – xayolimizda qurgan dunyomiz binosi esa qoğoz qartalardan qurilgan uyça kabi qulab ketdi.
2022 yil 24 fevral kunigaça Ukraina va Rossiya örtasida bölgan işlarga nisbatan har kimda har xil fikr bor, ammo bu tongdan keyin hammasi umumiy maxrajga keldi – oq va qora ajraldi, boşqa barça – xira ranglarni öziga tortib oldi. Ukrainlarning bor tarqoqligi ham tarqalib, yagona millatga aylandi. Va endilikda ular faqat özlari uçun emas – mustakamlakalikdan çiqib-çiqolmayotgan sobiq sovet xalqlari örnida ham kuraşişyapti, zero Putin sobiq SSSR respublikalarini Rossiyaning tarixiy yerlari deb biladi, bu fikrini u 1991 yildayoq aytgan va Rossiya Federatsiyasiga prezident bölgandan keyin “yerlarni qaytariş” ğoyasini amalga oşiriş uçun harakat qilib kelgani ayon bölib turibdi. Mustaqil davlatlarning hududiy dahlsizligini tan olişini tilda aytib kelgan bölsa-da.
2022 yil 24 fevral kunigaça bölgan işlarning köpi şu kunni yaqinlaştiriş uçun xizmat qildi. Bölmasa u yuz bermasdi. Ammo bu tarix, endi – bu kun yuz bergandan keyin qilinişi kerak bölgan işlarni bilib olmoq kerak.
Mustaqillik – osmondan tuşadigan, tekin narsa emasligini körib turipmiz. Tekin tuşsa u öşa zahoti boy berib qöyilar ekan. Biz bilan şu narsa sodir böldi.
Kimdir hozir özining mustaqilligi uçun kuraşib, biryöla bizning mustaqilligimizni ham himoya qilyapti. Bizning vazifamiz hozir – buni tuşuniş, xolos. 24 fevral buni şart qilyapti. Keça bu unçalik tuşunib yetilmagan bölsa ham, bugun buni tuşuniş vojib bölyapti. Keça ba’zi işlar anglanilmay qilingan oddiy jinoyat maqomida bölgan bölsa, 24 fevral bunday işlarni favqulodda mumkinmas qildi.
Nima demoqçiman?

















